Olmaliqda o‘zini 16 qavatli uy tomidan tashlagan qizning shaxsi aniqlandi
3-sahifa
−
04 iyun
31530Avvalroq, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yosh qiz o‘zini 16 qavatli binoning tomidan tashlagani xabar qilingandi. Murdadan olingan barmoq izlari viloyat IIBB mavjud elektron tizim bilan solishtirilganda, barmoq izlari Olmaliq shahrida yashovchi 19 yoshli G.T.ga tegishli ekani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, voqea joyi ko‘zdan kechirilganda ushbu uyning tom qismiga chiqish temir eshigining qulfi buzilgan holatda ekanligi aniqlangan. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Ta’kidlanishicha, hozirda qizning o‘z joniga qasd qilish sabablarini aniqlash maqsadida Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq mahalla raisi va shu ko‘p qavatli uy aholisining qiz ushbu ko‘p qavatli uyda yashamasligini aytgandi.
LiveBarchasi