Olmaliqda suv ta’minoti mutaxassisi 1600 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
22 noyabr
2602“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Abonentlar boshqarmasi mutaxassisi X.A. 204 mln zararni hal qilib berish evaziga 1600 dollar olganda ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Abonentlar boshqarmasi mutaxassisi X.A. Olmaliq shahrida joylashgan oilaviy poliklinikadagi suv hisoblagich uskunasining tamg‘asi buzilganligi holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani va qayta hisoblangan 204 mln so‘m zararni o‘z hamkasbi orqali hal qilib bermoqchi bo‘lgan. Buning evaziga u 1600 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qolaversa, ushbu ishga aloqador bo‘lgan Abonentlar boshqarmasining yana bir mutaxassisi A.A. o‘z xizmati uchun ushbu pul mablag‘idan 1300 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq yo‘l qurilishiga buyurtma olib berish uchun 50 ming AQSH dollari talab qilgan MCHJ rahbari ushlangandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi