Olmaliqda ayol o‘z tanishini rashk qilib o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ayol rashk sabab o‘z tanishini 5 marta pichoqlab, uning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, mazkur holat bo‘yicha sud jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudida ko‘rib chiqilgan. Aniqlik kiritilishicha, ushbu voqea o‘tgan yilning kuz oylarida ro‘y bergan. 1974 yilda tug‘ilgan ayol tanishini boshqa ayoldan rashk qilib, uni qasddan o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Mastlik holatida qo‘liga pichoq olgan ayol erkakka 5 marta uni suqib oladi va bir kishining hayotiga nuqta qo‘yadi.

Ish hujjatlarida keltirilishicha, erkak va ayol bir-biri bilan doimiy ravishda janjallashib kelgan.

Sud hukmiga ko‘ra, ayol Jinoyat kodeksining 97-moddasida (qasddan odam o‘ldirish) ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va unga nisbatan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida erkak tushida ayolining o‘ziga nisbatan xiyonat qilganini ko‘rib, uxlab yotgan xotinini o‘ldirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Olmaliq qasddan odam o'ldirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing