Olmaliqda korxona xodimlarini ommaviy ishdan bo‘shatmoqda. Vazirlik holatga izoh berdi

Jamiyat 13818
image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Olmaliq tumanida joylashgan “Ammofos-Maxam” AJ tomonidan xodimlar bilan mehnat shartnomasi ommaviy ravishda bekor qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur xabarlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazgan.

O‘rganish natijasida, jamiyat ishchi xodimlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari “Kasanachilikni tashkil qilish xizmati” xodimlari tomonidan yetishtirilishi ma’lum bo‘lgan. Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni optimallashtirish maqsadida jamiyat xodimlarining ovqatlanishini tashkil etish 2021 yil 1 martdan autsorsing shartlari asosida  ixtisoslashtirilgan kompaniyaga topshirilgan.

Natijada, Kasanachilikni tashkil qilish xizmati xodimlari bilan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 1-bandi bilan bekor qilish bo‘yicha ogohlantirish xatlari berilgan.

"Holat bo‘yicha jamiyat rahbariyatiga amaldagi qonunchilik normalariga rioya etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi", deyiladi vazirlik xabarida.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 455
Reyting: 3
Teglar
t
×