Olmaliqda 18 yashar qiz “Ona va bola” monumentida haqoratomuz video oldi
3-sahifa
−
03 iyun 2021
35310Ijtimoiy tarmoqda qiz bola Olmaliq shahrida “Ona va bola” monumentini ustiga chiqib, noo‘rin harakatlar qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB Matbuot kotibi rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa kecha, 2 may kuni soat 22:00 lar atrofida Olmaliq shahrida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro E.Sakiyeva shahar xiyobonida joylashgan “Ona va bola” monumentining ustiga chiqib, noo‘rin xatti-harakat sodir etgan va jarayon aks etgan video tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.
Mazkur holatda, fuqaro E.Sakiyevaning xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik mavjudligi sababli, Olmaliq shahar IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar hududiy sud organiga yuborilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, MJtKning 183-moddasiga ko‘ra, mayda bezorilik, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik – BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Avvalroq, Kattaqo‘rg‘on shahridagi Alisher Navoiy haykali oldida haqoratomuz harakatlar sodir etgan shaxslarga javobgarlikka tortilgandi. Haykallar bilan bog‘liq "hurmacha" qiliq Andijonda ham kuzatildi.
LiveBarchasi