Olmaliq hokimi Nurafshonga o‘tdi
Olam
−
12:01 2897 1 daqiqa
Bugun, 8 iyun kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahriga Qobil Murodqulovich Hamdamov yangi hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan.
Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kelgusi muhim vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.
Zoyir Mirzayev Nurafshon shahar hokimi lavozimiga hozirga qadar Olmaliq shahar hokimi vazifasida xizmat qilib kelgan Qobil Murodqulovich nomzodini tavsiya qilgan.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi sessiyasida Hamdamov Qobil Murodqulovich shahar hokimi etib tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Nurafshon shahrining hokimi Ilhom Qilichxonov faoliyatini yangi vazifada davom ettirishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilgandi.
Live
Barchasi