Olma-otada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani aytildi
Olam
−
25 iyun 2020
5246Bugun, 25 iyun kuni Qozog‘istonning eng yirik shahri – Olma-Otada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani haqida ma’lum qilindi. Shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Kamoljon Nodirov shunga qaramay vaziyat nazoratda ekanligini aytdi.
"Olma-Otada koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat juda murakkab, ammo uni boshqarish mumkin. Olma-Ota shifoxonalarida ham, klinikalar darajasida ham tibbiy yordam ko‘rsatish uchun juda ko‘p ishlarni amalga oshirmoqda. Faqatgina so‘nggi bir hafta ichida shifoxonaga yotqizish va tez yordam xizmatlariga murojaat qilish soni deyarli ikki baravar oshdi. Biz bemorlar sonini muntazam ravishda tahlil qilib boryapmiz. 20-29 yoshdagi shaxslar bemorlarning 35 foizini tashkil qiladi. 60 yoshdan oshgan odamlar to‘rt marta kamroq – 9 foiz", dedi Nodirov brifingda.
Uning ta’kidlashicha, dinamikada holati og‘ir va o‘ta og‘ir bo‘lgan bemorlarning soni ko‘paymoqda. Nodirovning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir kasallar sonining ko‘payishi hamroh bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlar sonining ko‘payishi bilan bog‘liqdir.
Qozog‘istonda 19,2 mingdan ortiq koronavirus holati tasdiqlandi. 11,8 mingdan ortiq bemor sog‘aygan bo‘lsa, 136 ta o‘lim holati qayd etildi. Respublikada koronavirusni simptomsiz tashuvchilar alohida-alohida ko‘rib chiqilmoqda. Ularning soni 12,6 mingdan oshdi.
LiveBarchasi