Olma-ota–Toshkent yo‘lida 80 kishi qutqarildi
Olam
−
23 dekabr 2019
5320Kecha, 22 dekabr kuni kechasi A-2 “Olma-ota–Toshkent–Termiz” trassasida 80 kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Kazavtojol” xabar berdi.
Yo‘l xizmati kuchlari bilan avtobus to‘la odam, shuningdek, trassa yopilguncha yo‘lga chiqqan yo‘lovchisi bor haydovchilar qutqarildi. Avtomobillar yo‘lning 593-632 kmlarida to‘xtab qolgan.
Shuningdek, yo‘ldan chiqib ketgan avtobus ham aniqlangan. Qurbon va jarohatlanganlar qayd etilmagan. Haydovchi sekin harakatlangani uchun fojianing oldi olingan.
Avtobusdagi 36 nafar va yenggil avtomobillardagi 44 nafar yo‘lovchi Shakpak bobo qishlog‘iga olib borilgan.
Qayd etilishicha, Qozog‘istonda respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, noqulay ob-havo sharoitida Aqto‘be, Sharqiy Qozog‘iston, Jambil, Turkiston viloyatlarida vaqtincha cheklovlar joriy etilgan. Tegishli idoralar yo‘llarni tozalash choralarini ko‘ryapti.
LiveBarchasi