Oliy ta’lim vazirligi va uning “uka”lari byudjet qonunbuzarligi bo‘yicha yetakchilik qildi

Jamiyat

1541528340_gfvnux15312476608630_b

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning I choragida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari haqida xabar bergan edik.

Qayd etilishicha, I chorak davomida Ish rejasi, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida 1 993 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan va jami 70,2 mlrd so‘m miqdorida byudjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlangan.

Vazirlik va idoralar kesimida eng ko‘p miqdorda aniqlangan qonunbuzilish holatlari quyidagicha:

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 6,2 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 4,9 mlrd so‘mi (78 foiz) byudjetga tiklandi;

Xalq ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 3,7 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 3 mlrd so‘mi (80 foiz) byudjetga tiklandi;

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 1,5 mlrd. so‘mni tashkil etib,  shundan 1,4 mlrd so‘mi (89 foiz) byudjetga tiklandi;

Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari 1,5 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 1,2 mlrd so‘mi (83 foiz) byudjetga tiklangan.

Yirik miqdorda moliyaviy xato va kamchiliklar Jizzax (5,3 mlrd so‘m), Surxondaryo (2,5 mlrd so‘m), Farg‘ona (2,1 mlrd so‘m), Samarqand (2,1 mlrd so‘m), Qashqadaryo (1,9 mlrd so‘m), Andijon (1,5 mlrd so‘m), Toshkent (1,3 mlrd so‘m) viloyatlarida va Toshkent shahrida (2,6 mlrd so‘m) aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet Oliy ta'lim vazirligi

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing