Oliy ta’lim vaziri talabalarning e’tirozi haqida gapirdi 

Jamiyat

image

Kecha, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi muhokama qilindi.

Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati va jamoasi, barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, filiallar direktorlari ishtirok etdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri Inomjon Majidovga ko‘ra, amaldagi malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmun jihatidan bitiruvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilmagan, o‘quv rejalarida nomutaxassislik fanlari ulushi yuqoriligicha qolmoqda, bu esa talabalarning haqli e’tirozini keltirib chiqarmoqda.

Vazir oliy ta’lim muassasalari hamda kadrlar buyurtmachilari o‘zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ishlar qoniqarsiz ahvoldagi ekani tanqid qildi va ish beruvchilar kadrlar tayyorlash jarayoniga qiziqmasa, OTM rektorlari tashabbus ko‘rsatishi kerakligini qayd etdi.

"Chunki xalqimiz va Prezident oliy ta’limdan jamiyat taraqqiyoti lokomotivi bo‘lishini talab qilmoqda", dedi vazir. "Ishga hozirgidek munosabat bilan maqsadga erisholmaymiz. Zamon shiddat bilan rivojlanyapti, biz taraqqiyot ortidan emas, balki uni belgilab berishimiz kerak". dedi Inomjon Majidov.

Shuningdek, yangi tuzilgan respublika oliy ta’lim kengashi oldida turgan dolzarb vazifalar, uning istiqbol-rejalari ham muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy ta'lim Inomjon Majidov

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing