Oliy ta’lim korrupsiyadan holi deb e’lon qilingani daraja emas, uyat! – Toshqulov

Jamiyat

image

Oliy ta’limning korrupsiyadan holi deb e’lon qilingani sohaga berilgan daraja emas, balki uyatdir. Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Jizzax viloyati oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifati va samaradorligi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni muhokama qilish maqsadida o‘tkazilgan yig‘ilishda shunday fikr bildirdi.

“Oliy ta’limda korrupsiya bor”, degan tushuncha nafaqat jamiyat va xalqda, balki, aksariyat, rahbarlarda ham bor. Lekin men tizimning rahbari sifatida shuni aytamanki, korrupsiya barobarlarga kamayib ketdi. Ming afsus, endi atrofda firibgarlar bor. Mana hozir shu yerga kelgunimcha ham, menga matbuot xizmatining rahbari 5 ta holatni tashlab berdi. Qashqadaryo va vodiyda umuman universitetga aloqasi yo‘q odam “O‘qishingni ko‘chirib beraman”, deb 3 mingdan 6 ming dollar pora olgan”, deydi vazir.

Shuningdek, Toshqulov bugun oliy ta’limda bo‘layotgan korrupsion holatlarga faqat o‘qituvchilar emas, balki boshqa xodimlar ham sabab bo‘layotganini ta’kidladi.

“Eng muhimi, oxirgi vaqtda o‘qituvchilar emas, balki kotiba, yordamchi, laborant, talaba ham bu ishga aralashib ketmoqda. Bu ish kimgadir borib taqalmasa, ular buni qilmaydi. Ularning hammasi ham firibgar emas. O‘zingizni yig‘ishtirib oling”, deydi Abduqodir Toshqulov.

Vazir so‘zida davom etib, ko‘plab aholi oliy ta’limda korrupsiya yo‘qligiga ishonmasligi, qolaversa, “Ta’lim va qurilish sohasida korrupsiya yo‘q”, deb e’lon qilingani sohaga berilgan daraja emas, aksincha, uyat ekanini urg‘uladi.

“65 foiz aholi oliy ta’limga hali ham ishonmaydi”, deyilgan so‘rov natijalarini o‘qiganmiz. Aslida, bu natija 0 foiz bo‘lishi kerak. Xalq va rahbariyat oliy ta’limni “yuvelir” darajada  toza bo‘lishini xohlaydi. Butun dunyoda ham shunday. Bunaqa narsalar odamlarning xayoliga ham kelmaydi. Shuning uchun bundan xulosa va targ‘ibot qilish kerak. Men uyalaman. Qurilish bilan oliy ta’lim  korrupsiyadan holi soha deb e’lon qilingani siz bilan bizga berilgan daraja emas, bu – uyat!”, deydi vazir.

Avvalroq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qashqadaryo oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga Telegram orqali dars berilganini tanqid qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy ta'lim korruptsiyadan

Baholaganlar

63

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing