Oliy sudda “tozalash” boshlangani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Jamiyat 13652
image
-

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy sudda kadrlar orasida “tozalash” boshlangani, butun boshli bir boshqarmaning barcha xodimlari ishdan olingani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy sud matbuot xizmati mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Oliy sudda turli boshqarma va bo‘limlarda har xil lavozimlarda (sudyalar emas) ishlagan 11 nafar xodim sudya bo‘lish istagida imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, Sudyalar oliy maktabiga o‘qishga qabul qilingan.

Nafaqa yoshidagi 7 nafar xodim (4 nafari Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasidan, 3 nafari esa boshqa boshqarma va bo‘limlardan) o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan. Shu munosabat bilan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

“Qonunda belgilanganidek, sudyalarni saylash (tayinlash) va ularning vakolatini tugatish masalasi Oliy sud vakolatiga kirmaydi.

Hozirda mavjud bo‘sh (vakant) ish o‘rinlarini yosh va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilayotganligi ma’lum qilinadi”, deyiladi Oliy sud munosabatida.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 419
Reyting: 3.1
Teglar
t
×