Oliy sud Rossiyada “Tolibon”ga qo‘yilgan taqiqni to‘xtatdi

Olam

image

Bugun, 17 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi Bosh prokurorning Rossiyada “Tolibon” harakati faoliyatini taqiqlashni to‘xtatib turish haqidagi ma’muriy da’vosini qanoatlantirdi.

“Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi qarori bilan terrorchi deb tan olingan tashkilotlarning yagona federal ro‘yxatiga kiritilgan “Tolibon” harakati faoliyatiga ilgari o‘rnatilgan taqiq to‘xtatildi”, deya e’lon qildi sudya Oleg Nefyodov. 

Sud yopiq eshiklar ortida o‘tgan. Hujjat 2024 yil dekabrida kuchga kirgan, terrorchilik ro‘yxatiga kiritilgan tashkilotlar faoliyatini taqiqlashni vaqtinchalik to‘xtatib turish imkonini beruvchi huquqiy norma bo‘yicha qabul qilingan birinchi qaror bo‘lgani aytilmoqda. Qaror e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.  

“Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi qarori bilan terrorchi deb tan olingan tashkilotlarning yagona federal ro‘yxatiga kiritilgan “Tolibon” harakati faoliyatiga ilgari o‘rnatilgan taqiq to‘xtatildi. Qaror darhol qonuniy kuchga kiradi”, deydi sudya. 

2024 yil dekabr oyi oxirida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin terroristik tashkilotlarning yagona ro‘yxatiga kiritilgan tashkilot faoliyatini taqiqlashni vaqtinchalik to‘xtatib turish imkoniyatini belgilovchi qonunni imzoladi. Ushbu normalar, Davlat Dumasining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Slutskiyning tushuntirishicha, Afg‘onistonda hukmronlik qilayotgan “Tolibon” harakati bilan qonuniy hamkorlik qilish imkonini beradi. 

Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, terrorchilik tashkiloti deb tan olingan tuzilma faoliyatini taqiqlashni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarining arizasi asosida sud tomonidan qabul qilinadi. 

Faoliyatni taqiqlashni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud qarorining nusxasi kuchga kirgan kundan boshlab besh kun ichida terroristik tashkilotlar ro‘yxatini o‘zgartirish uchun Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmatiga yuboriladi. 

Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining bildirishicha, sudga murojaat qilishning huquqiy asosi o‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya Federatsiyasining Ma’muriy protsessual kodeksiga va "Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida"gi federal qonunga kiritilgan o‘zgartishlar bo‘ldi. 

“Ular terrorizmni targ‘ib qilish, oqlash va qo‘llab-quvvatlash yoki Rossiya manfaatlariga qarshi terrorchilik jinoyatlarini sodir etishga qaratilgan faoliyat to‘xtatilgan taqdirda terroristik tashkilotga nisbatan taqiqni to‘xtatib turishga ruxsat beradi. Vakolatli organlarning ma’lumotlarini inobatga olgan holda, sud majlisida ko‘rsatilgan holatlar tasdiqlandi va sud Rossiya Bosh prokurori tomonidan berilgan da’vo asosli degan xulosaga keldi. Qaror darhol amalga oshirilishi kerak”, deyiladi nazorat agentligi xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing