Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

Jamiyat

image

Senatning tegishli qaroriga asosan, Alisher Usmonov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oliy Majlis Senatining 10-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqilgan.

Alisher Usmonov Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylanib, Ikrom Muslimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimidan, Nodira Hakimova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov 1964 yilda tug‘ilgan. U bugunga qadar Kosonsoy tuman sudining raisi, Mingbuloq tumani prokurori, Namangan viloyatidagi xalq qabulxonasi mudiri va Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim manbalarda Ikrom Muslimov insultga uchragani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirib, ularning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Oliy sud Ikrom Muslimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing