Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari insultga uchradimi?
Jamiyat
−
05 iyul 9435 1 daqiqa
Ayrim manbalarda Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Ikrom Muslimov insultga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
“Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini bu kabi feyk ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqiramiz.
Axborot resurslaridan haqqoniyligi tasdiqlanmagan, asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘raladi”, deydi Obidov.
Shuningdek, u yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjudligini eslatgan.
Ma’lumot uchun, Ikrom Muslimov 1972 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. Mutaxassisligi – huquqshunos. 1996 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida adliya va sud idoralarida turli lavozimlarda ishlagan. 1998-2001 yillarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani sudyasi, 2001-2005 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi, 2005-2013 yillarda Oliy sud sudyasi, 2013-2018 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudi raisi bo‘lib ishlagan. 2018-2019 yillarda Oliy sud sudyasi, 2019 yil 12 oktyabrdan Oliy sud raisi o‘rinbosari – Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida faoliyat yuritgan. U 2024 yil sentyabr oyida Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – Sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.
Live
Barchasi