Oliveyraning Dariushga qarshi jangi bekor qilindi

Sport

image

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni braziliyalik Charlz Oliveyra amerikalik jangchi Beneil Dariush bilan da’vogarlik maqomi uchun jangda qatnasha olmaydi. Bu haqda “MMA Orbit” xabar berdi.

Jang UFC 288 turniri doirasida 2023 yilning 7 may kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Oliveyraning jangda ishtirok eta olmasligiga uning yaqinda olgan jarohati sabab bo‘lgan. UFS hozirda ushbu jangning yangi sanasi ustida ish olib bormoqda.

Nyu-Jersi shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqaning asosiy jangida ikki amerikalik sportchi to‘qnash keladi: tashkilotning yengil vazn toifasi kamari sohibi Aljameyn Sterling va ikki vazn toifasida sobiq chempion Genri Sexudo (16-2).

UFC 288 asosiy kard janglari:

Aljameyn Sterling (AQSH) – Genri Sexudo (AQSH);

Jessika Andrade (Braziliya) – Syaonan Yan (Xitoy);

Brays Mitchell (AQSH) – Jonatan Pirs (AQSH);

Kron Gresi (Braziliya) – Charlz Jourdain (Kanada).


Maqola muallifi

Teglar

Genri Sexudo Charl'z Oliveyra Beneil Dariush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing