Rasman. Topuriya va Oliveyra chempionlik jangida oktagonga ko‘tariladi

Sport

image

Sobiq yarim yengil vazn toifasi UFC chempioni ispaniyalik Iliya Topuriya braziliyalik Charlz Oliveyraga qarshi yengil vazn toifasi vakant chempionlik kamari uchun oktagonga chiqadi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Topuriya va Oliveyra 2025 yilning 27 iyun kuni AQSHning Las-Vegas shtatida joylashgan “T-Mobile” arenasida bo‘lib o‘tadigan UFC 317 turniri markaziy jangida to‘qnash keladi.

Shuningdek, ushbu turnir “co main event”ida super yengil vazn toifasi dominant chempioni braziliyalik Aleshandre Pantoja yangi zelandiyalik Kay Kara Fransdan kamarini himoya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Charl'z Oliveyra Iliya Topuriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing