Oliveyra nima uchun Makgregorga qarshi jang qilmoqchiligini aytdi

Sport

image

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni braziliyalik Charlz Oliveyra Konor Makgregorga qarshi jang qilishni xohlaydi. Bu haqda Oliveyraning so‘zlariga tayanib, “SportsKeeda” nashri xabar bermoqda.

Braziliyalik jangchining so‘zlariga ko‘ra, Makgregor bilan jang qilish moliyaviy jihatdan foydali bo‘ladi.

“Hamma shuni aytmoqda. Konor Makgregor mag‘lubiyatdan keyin o‘zini tiklamoqda. Xo‘sh, u bilan bahs mening bank hisobimga qancha pul olib keladi. Men Konor bilan istalgan vaqtda jang qilardim, chunki bu moliyaviy jihatdan foydali jang ekanligini hamma biladi. Aytaylik, Habib qaytadi, lekin men bu jang uchun necha pul ishlab topaman va qancha PPV (Pay-per-view) sotiladi?”, degan Oliveyra.

Ma’lumot uchun, shu yilning 22 oktyabr kuni Abu-Dabida (BAA) bo‘lib o‘tadigan UFC 280 turniri doirasida Oliveyra rossiyalik jangchi Islom Maxachevga qarshi to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Charl'z Oliveyra

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing