Olimjon Haydarovning ishi sudga oshirildi. Blogerga yangi ayblovlar qo‘yildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 10 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati huquq-tartibot idoralari bloger Olimjon Haydarovga nisbatan tergovni yakunlab, ishni Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudiga o‘tkazdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZʼga ochiqladi.

10 oktyabr kuni tergov organi Olimjon Haydarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi (ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish), 139-moddasi 3-qismi “a” bandi (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish), 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish), 165-moddasi 2-qismi “a”,“b” bandlari (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, ko‘p miqdorda tovlamachilik qilish) bilan ayb e’lon qilingan. 

Aziz Obidovga ko‘ra, sud muhokamasi sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, bloger Olimjon Haydarov shu yilning 29 iyul kuni jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingandi.

Haydarov joriy yilning 12 iyun kuni “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksida norasmiy savdo faoliyati bilan shug‘ullangan tadbirkorlarning ishonchiga kirib, ularda norozilik kayfiyatini uyg‘otish orqali, savdo komplekslaridagi rekonstruksiya ishlari bo‘yicha salbiy mazmundagi maqolalarni o‘ziga tegishli ijtimoiy tarmoq kanallariga joylashtirgan.

Qo‘shimcha ravishda, bloger “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksi MCHJ rasmiylaridan tovlamachilik yo‘li bilan moddiy mablag‘ undirishga urinib, o‘zi tomonidan tayyorlangan “Qo‘qonda huquqiy demokratik boshqaruvmi yoki shar’iy boshqaruvmi?” nomli salbiy mazmundagi maqolani internet tarmoqlarida tarqatmaslik evaziga, 10 ming AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib, undan umumiy qiymatda 7,5 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritib, qo‘shimcha 2500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

sud tovlamachilik Olimjon Haydarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing