Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun Yaponiyaga borgan sportchi bedarak yo‘qoldi
Sport
−
16 iyul 2021
10174Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Yaponiyaga kelgan ugandalik sportchi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “Sport ekspress” nashri xabar berdi.
Ayni paytda 20 yoshli sportchini qidirish ishlari olib borilmoqda. Ta’kidlanishicha, Uganda delegatsiyasi Osaka prefekturasining Izumisano shahrida so‘nggi mashg‘ulotlarini olib borayotgan edi. Shuningdek, Uganda Olimpiya terma jamoasida koronavirus holati ham aniqlangan edi.
U og‘ir atletikachi Yuliy Sekitoleko bo‘lgan va oxirgi marta sportchini yarim tunda mehmonxonada ko‘rishgan.
U koronavirus uchun test topshirgani ham kelmagan. Shundan so‘ng uning yo‘qolgani to‘g‘risida mahalliy politsiyaga xabar berilgan.
Yaponiyaning Izumisano shahri (Osaka prefekturasi) ma’muriyati politsiya bilan birgalikda Sekitolekoni qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, Tokio Olimpiadasi joriy yilning 23 iyulidan 8 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Tokioda favqulodda holat joriy etilgani xaqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi