Olimpiya o‘yinlarida biatlon bo‘yicha kvotalar ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 16 yanvar kuni Germaniyaning Rupolding shahrida biatlon bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. E’tiborlisi, shundan so‘ng Pekin-2022 Olimpiadasi yo‘lida terma jamoalarning reyting ochkolarini yig‘ish davri tugadi va mamlakatlarning qishki Olimpiya o‘yinlariga nechta sportchi bilan borishi ma’lum bo‘ldi.

Berilgan maksimal kvotalarni Fransiya va Norvegiya terma jamoalari qo‘lga kiritdi. Ular ham erkaklar, ham ayollar dasturida 6 nafardan sportchini Pekinga olib borishi mumkin. Germaniya va Shvetsiya termalari 11 ta kvotaga ega bo‘ldi. 

10 ta kvota: Avstriya, Belarus, Chexiya, Italiya, Rossiya Olimpiya qo‘mitasi, Ukraina;
8 ta kvota: Bolgariya, Kanada, Estoniya, Finlyandiya, Slovakiya, Shveysariya, AQSH;
6 ta kvota: Xitoy, Sloveniya, Yaponiya;
5 ta kvota: Belgiya, Litva, Polsha;
4 ta kvota: Moldova;
3 ta kvota: Janubiy Koreya;
2 ta kvota: Qozog‘iston, Latviya, Ruminiya;
1 ta kvota: Daniya, Yangi Zelandiya.

Eslatib o‘tamiz, Pekin-2022 Olimpiadasida biatlon bahslari 5-19 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston nomidan faqatgina Komiljon To‘xtayev saralash ko‘rsatkichlari doirasida “slalom” va “gigant slalom” yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan me’yorlarni bajarib, 2022 yilgi Olimpiadada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Pekin-2022 Biatlon

Baholaganlar

4

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing