“Olimpik” futbolchilari 6 oylik maoshini ololmayapti (video)

Sport

image

O‘zbekiston milliy va Olimpiya terma jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadzening tashabbusi bilan 2024 yilgi Parij Olimpiyasiga yo‘llanma olish maqsadida terma jamoa bazasi sifatida tashkil etilgan “Olimpik” klubi a’zolari 6 oydan beri maoshini ololmayapti. Bu haqda futbolchilar va murabbiylar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Professional futbol ligasiga videomurojaat yo‘lladi. 

O‘tgan mavsumni “Olimpik” safida o‘tkazgan va hozir ham klub a’zosi hisoblangan futbolchilar hamda klubning darvozabonlar murabbiyi 6 oydan beri maoshini ololmayapti. Ular bu masalani hal qilish yuzasidan mutasaddi rahbarlardan yordam so‘rab ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur holat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda va yaqin kunlarda rasmiy munosabat berishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Olimpik” klubi 2021 yilda tashkil etilgan. Jamoa 2022, 2023 va 2024 yilgi mavsumlarda Superligada ishtirok etdi va o‘tgan mavsumda Pro ligada qatnashib, so‘ngi pog‘onani band etdi. Klub yangi mavsumdan moliyaviy sharoit sabab Pro ligada ishtirok etmaydigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

maosh Temur Kapadze “Olimpik”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing