Olimpiadaning yopilish marosimiga 2 ming huquq-tartibot xodimlari jalb qilindi
Sport
−
10 avgust
4046Fransiya hukumati Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarining yopilish marosimida xavfsizlikni ta’minlash uchun 2 ming nafar huquq-tartibot idoralari xodimini jalb qilmoqda. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, poytaxt Parij shahridagi “Stad de Frans” stadionida o‘tadigan yakuniy tadbirda xavfsizlikni 2 mingga yaqin politsiyachi va jandarmlar ta’minlaydi. Vazir huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘z vazifalariga jiddiy e’tibor qaratishini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, u hozirda marosim xavfsizligiga aniq tahdidlar haqida ma’lumot yo‘qligini ta’kidlagan. Darmanen shunday bo‘lsa ham barcha zarur xavfsizlik choralari ko‘rilganini qo‘shimcha qildi.
Fransiyadagi mahalliy ommaviy axborot vositalarining qayd etishicha, bu 2 ming nafar huquq-tartibot xodimlari Olimpiada vaqtida mamlakatda xavfsizlikni ta’minlovchi 30 ming nafar politsiya va jandarmeriya xodimlaridan iborat jami guruh tarkibiga kiradi.
Musobaqa yopilish marosimi 11 avgust, yakshanba kuni “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tadi. U mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi rahbari Toni Estange Fransiya hukumati 40 ta davlat bilan hamkorlikda Parijdagi Olimpiada o‘yinlari xavfsizligini ta’minlayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi