Olimpiadaning so‘nggi kunida medallar reytingi qanday?
Sport
−
10:46 1160 1 daqiqa
Kecha, 22 fevral kuni Italiyada o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlari so‘nggi musobaqa kuni yakunlandi. Kun davomida sportchilar uchta medal jamlanmasi uchun bahslar bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar erkaklar o‘rtasidagi xokkey, ayollar o‘rtasidagi kyorling hamda 4 kishilik bobsley yo‘nalishlarida aniqlandi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Norvegiya terma jamoasi umumiy 41 ta medal (18 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza) bilan peshqadamlikni saqlab qoldi.
AQSH delegatsiyasi 33 ta medal (12 ta oltin, 12 ta kumush va 9 ta bronza) bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Niderlandiya delegatsiyasi esa jami 20 ta medal jamg‘argan holda (10 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza) kuchli uchlikdan joy olgan.
Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP-10 talik quyidagicha:
- Norvegiya – 18 oltin, 12 kumush, 11 bronza;
- AQSH – 12 oltin, 12 kumush, 9 bronza;
- Niderlandiya – 10 oltin, 7 kumush, 3 bronza;
- Italiya – 10 oltin, 6 kumush, 14 bronza;
- Germaniya – 8 oltin, 10 kumush, 8 bronza;
- Fransiya – 8 oltin, 9 kumush, 6 bronza;
- Shvetsiya – 8 oltin, 6 kumush, 4 bronza;
- Shveysariya – 6 oltin, 9 kumush, 8 bronza;
- Avstriya – 5 oltin, 8 kumush, 5 bronza;
- Yaponiya – 5 oltin, 7 kumush 12 bronza.
Live
Barchasi