Olimpiadaning 10-kuni o‘zbekistonlik sportchilar uchun ancha erta yakunlandi
Sport
−
02 avgust 2021
10959Bugun, 2 avgust kuni Tokio Olimpiadasida sportning yengil atletika va yunon-rum kurashi bo‘yicha ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarda ishtirok etdi.
Yengil atletika. Olimpiya o‘yinlari doirasida yengil atletikaning bosqon uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha saralash bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Suhrob Xo‘jayev o‘z urinishini yakunladi.
“A” guruhida bahslarga kirishgan Xo‘jayev 71.26 metr natija qayd etdi. Bu uning uchun Olimpiya o‘yinlaridagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Qayd etish joiz, u avval London-2012 va Rio-2016 Olimpiadalarida ham qatnashib, 65.88 va 70.11 metr natija ko‘rsatgan edi.
Shu tariqa Suxrob Xo‘jayev ushbu ko‘rsatkich bilan guruhda eng so‘nggi (15) o‘rinni band etdi.
Yunon-rum kurashi. Tokio-2020 Olimpiadasining yunon-rum kurashi bo‘yicha -77 va -97 kg vazn toifalarida bellashuvlar start oldi.
-77 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Jalgasboy Berdimurodov nimchorak finalda armanistonlik Karapet Chalyanga 0-5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Agar Karapet finalga yo‘l olsa, u holda Berdimurodovda Olimpiya o‘yinlarining bronza medali uchun kurashish imkoniyati yuzaga keladi. Armanistonlik kurashchi chorak finalda rossiyalik Aleksandr Chexirkin bilan to‘qnash keladi.
Ma’lumot uchun, kecha, 1 avgust kuni o‘zbekistonlik Elmurod Tasmurodov va Mo‘minjon Abdullayev nimchorak finalda imkoniyatni boy berib, o‘z ishtirokini yakunlagani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi