Olimpiadaga bormayotganimdan xafa emasman – Otabek Shukurov

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri Otabek Shukurov Olimpiya terma jamoasining Parij-2024 Olimpiadasi uchun yakuniy tarkibiga jalb etilmaganidan xafa emas. Bu haqda Shukurovning o‘zi QALAMPIR.UZ'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Olimpiadada o‘ynagim kelayotgan bo‘lsa ham, murabbiylarning qaroridan xafa emasman. Olimpiadaga chiqish uchun mehnat qilgan yigitlarning o‘zi Parijga borgani ma’qulroq. Osiyo chempionatida Olimpiya o‘yinlariga chiqishimizga sababchi bo‘lgan yigitlardan birortasi tarkibdan tushib qolsa, bu ular uchun alamli bo‘ladi. Jamoa murabbiylari o‘zlariga kerakli futbolchilarni tanlab olgan, deb o‘ylayman va ularga omad tilayman”, deydi Shukurov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasi uchun yakuniy qaydnomasi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Shukurov Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made