Olimpiadadan medal bilan qaytishni maqsad qilganmiz – Eldor Shomurodov

Sport

image

Italiyaning “Roma” klubi a’zosi Eldor Shomurodov ayni kunlarda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi safida Fransiyaning 7 ta shahrida o‘tkaziladigan futbol bahslariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda futbolchi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmatiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“To‘g‘risi, Olimpiadada qatnashish istagim bor edi. Sharafli vazifa ishonilganidan mamnunman. Olimpiadaga tayyorgarlik ajoyib tarzda o‘tmoqda. Hozirda ko‘proq jismoniy tayyorgarlikka urg‘u beryapmiz. Olimpiya jamoasining yarmi bilan termada birga to‘p tepganman. Oldimizdagi birinchi vazifa musobaqada guruhdan chiqish hisoblanadi. Albatta, O‘zbekistonga medallar bilan qaytishni maqsad qilganmiz”, deydi Shomurodov. 

Ma’lumot uchun, Olimpiada o‘yinlarining futbol uchrashuvlari 24 iyuldan boshlanadi. O‘zbekiston “C” guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made