Olimpiadadan erta ketish niyatimiz yo‘q edi – Temur Kapadze
Sport
−
28 iyul
7452O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya sport o‘yinlarida futbolchilarga tajriba hamda omad yetishmaganligini aytdi. Bu haqda u kecha, 27 iyul kuni “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Bunday erta ketish niyatimiz yo‘q edi. Birinchi uchrashuvda ham, bugungi uchrashuvda ham qayerdadir omad, qayerdadir tajriba yetishmadi. Olimpiada tarovatini his qildik. Bemalol, o‘ynasa bo‘ladi. Alamlisi, ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonish imkoni bor edi. Kuchimiz bemalol yetardi, qaysidir kichik epizodlarda xato qildik. Muxlislardan uzr so‘rayman. Ularga katta rahmat. Bizni tinmay qo‘llab turishdi. Salomat bo‘lishsin. Hali yutuqlarimiz bilan ularni xursand qilamiz”, degan terma jamoa ustozi Temur Kapadze.
Ma’lumot uchun, S guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Ispaniya (2:1) hamda Misr (1:0) jamoalariga mag‘lubiyatga uchrab, turnirning keyingi bosqichiga yo‘llanma olish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Natijada ikki o‘yinda ham yutqazgan Temur Kapadze shogirdlari guruhda qolib ketdi. Dominikanga qarshi kechadigan o‘yin esa shunchaki rasmiyatchilikka aylandi. Guruhda Ispaniya 6 ochko bilan yetakchi, Misr 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, Dominikan esa 1 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston esa hali ochko olmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Temur Kapadze Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari guruh bosqichi 2-turi doirasida Misrga qarshi o‘tkaziladigan bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, Misrning kuchli tomonlarini yaxshi bilishini aytgandi. Shuningdek, Ispaniyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati haqida ham u o‘z fikrlarini bildirgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr