Olimpiadadagi xokkey turnirining yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari doirasida erkaklar o‘rtasidagi xokkey turnirining yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi.

2022 yilgi Olimpiya chempioni hisoblangan Finlyandiya terma jamoasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, keyingi bosqichga Kanada, AQSH hamda Slovakiya jamoalari ham chiqdi.

Yarim final juftliklari qur’a tashlash orqali emas, balki Olimpiya guruh bosqichi reytingi asosida shakllantirildi. Guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallagan Kanada terma jamoasi umumiy jadvalda to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan Finlyandiya bilan to‘qnash keladi. Ikkinchi juftlikda esa AQSH (2-o‘rin) va Slovakiya (3-o‘rin) o‘zaro bahs olib boradi.

Yarim final uchrashuvlari ertaga, 20 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Uchinchi o‘rin uchun bahs joriy yilning 21 fevral kuni, final uchrashuvi esa 22 fevral kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh xokkey Olimpiya o'yinlari Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing