Olimpiada o‘yinlarini qoldirilishi qanchaga tushadi?
Sport
−
26 mart 2020
6101Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarini 2021 yilga ko‘chirish tashkilotchilarga 2,7 milliard dollarga tushishi mumkin. Bu haqda "Forbes" jurnali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning dekabr oyida Olimpiada byudjeti taxminan 12,6 milliard dollarni tashkil qilishi hisoblab chiqilgan edi. O‘yinlar ko‘chirilgandan so‘ng, tashkilotchilar musobaqaga taxminan 15,3 milliard dollar sarflashi tahmin qilinmoqda.
Bunday holda, Tokiodagi o‘yinlar tarixdagi eng qimmat ikkinchi Olimpiadaga aylanadi. Hozircha, tarixda eng ko‘p pul sarflangan Olimpiada Sochida Olimpiadasi hisoblanandi. Musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun Rossiya Federatsiyasi 21,9 milliard dollar sarflagan.
Eslatib o‘tamiz, 24 mart kuni Olimpiya o‘yinlari 2021 yilga ko‘chirilishi ma’lum qilindi. Ushbu qaror Paralimpiya o‘yinlariga ham ta’sir qiladi.
Ma’lumot uchun, koronavirus pandemiyasi tufayli, 2020 yil bahor va yoz fasllarida rejalashtirilgan deyarli barcha xalqaro musobaqalar bekor qilindi. Xususan, Yevropa chempionatlari va Amerika futbol kubogi (Kopa Amerika) 2021 yilga qoldirildi. Xokkey bo‘yicha jahon chempionati hamda biatlon va kross-chang‘i bo‘yicha jahon chempionatlarining so‘nggi bosqichlari bekor qilindi. Shuningdek, "Formula 1" poygalari ham boshqacha ko‘rinishda o‘tkazilishi kutilmoqda.
LiveBarchasi