Olimpiada sensatsiyasi: jahonning birinchi raqamli tennischisi yutqizib qo‘ydi
Sport
−
30 iyul 2021
4522Bugun, 30 iyul kuni Olimpiya o‘yinlarining tennis bo‘yicha yarim final bellashuvlari o‘tkazildi. Unda jahonning birinchi raqamli raketka ustasi Novak Jokovich Tokio Olimpiadasining yarim finalida yutqizib qo‘ydi.
U yarim finalda germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqdi va 2 soatdan ziyodroq davom etgan uchrashuvda 6:1, 6:3, 6:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, serbiyalik tennischi bronza medali uchun ispaniyalik Pablo Karreno Bustaga qarshi, germaniyalik Zverev esa finalda rossiyalik Karen Xachanovga qarshi bahs yuritadi.
Avvalroq, Novak Jokovich yaponiyalik 6 yoshli Kojiro Ovakiga mavsumdagi barcha yirik chempionatlar va uning yurtida o‘tadigan to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida g‘olib bo‘lishni, so‘ng u bilan ko‘rishishni uchrashmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, “Ulkan toj” turkumidagi musobaqalarni 20 karra g‘olibi shu paytga qadar Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritmagan. Jokovich faqatgina 2008 yil Pekindagi (Xitoy) Olimpiya o‘yinlarining yakkalik bahslarida bronza medal sohibi bo‘lgan.
LiveBarchasi