Olimpiada rekordini o‘rnatgan pokistonlikka 897 ming dollar berildi

Olam

image

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida sportning nayza uloqtirish turi bo‘yicha Pokiston sharafini himoya qilgan Arshad Nadim yakunda rekord natija qayd etdi va mahalliy rasmiylar tomonidan 897 ming dollar bilan mukofotlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.  

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yulduz sportchini taqdirlash uchun o‘tkazilgan Islomoboddagi marosimda Nadim uchun 150 million rupiy (538 ming dollar) ajratilishini e’lon qildi. Bungacha Panjob bosh vaziri Mariam Navoz Mian Channu tumanidagi qishloqdagi Nadimning uyiga tashrif buyurib, unga 100 million rupiy (359 ming dollar) chek sovg‘a qilgan.

Shuningdek, Navoz sportchining nayzani rekord uzoqlikka – 92,97 metrga uloqtirgani sharafiga unga “PAK 92.97” maxsus davlat raqamiga ega bo‘lgan yangi avtomobil kalitini topshirdi. Nadimning murabbiyi Salmon Iqbol Buttga ham 5 million rupiy (18 ming dollar) berildi.

“Siz 250 million pokistonliklarning xursandchiligini ikki baravar oshirdingiz, chunki biz ertaga Mustaqillik kunimizni ham nishonlaymiz. Bugun har bir pokistonlik baxtli va butun mamlakatning kayfiyati yuqori”, degan Sharif otasi kunlik ish haqi uchun ishlaydigan Nadim uchun pul mukofotini e’lon qilish chog‘ida.

Ma’lumot uchun, Pokiston Olimpiya yakunlariga ko‘ra umumiy 1 oltinga ega chiqdi va medallar jamg‘arish bo‘yicha 62-o‘rinni qayd etdi. 

Eslatib o‘tamiz, Parij-2024’da muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilar uchun 200 ming AQSH dollari, 2 qavatli kottej va Tahoe rusumli avtomobil; kumush medal egalari uchun 100 ming AQSH dollari, xonadon va BYD Champion rusumli avtomobil; bronza medali sohiblari esa 50 ming AQSH dollari, xonadon va BYD Champion rusumli avtomobil bilan taqdirlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada pokistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing