Olimpiada xokkeyi pley-off ishtirokchilari aniqlandi
Sport
−
11:03 719 1 daqiqa
2026 yilda Italiyada bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada xokkey turnirining pley-off bosqichi ishtirokchilari aniqlandi. Chorak finalda guruh bosqichining eng yaxshi jamoalari 1/8 final g‘oliblari bilan bahs olib boradi.
Chorak final juftliklari:
- Kanada – Chexiya Respublikasi / Daniya
- AQSH – Shvetsiya / Latviya
- Slovakiya – Germaniya / Fransiya
- Finlyandiya – Shveysariya / Italiya
Olimpiya o‘yinlarida erkaklar o‘rtasidagi xokkey turniri 11 fevral kuni boshlangan. 12 yil ichida ilk bor NHL o‘yinchilari ham ushbu musobaqada ishtirok etmoqda.
Amaldagi Olimpiya chempioni – Finlyandiya terma jamoasi hisoblanadi. Ular 2022 yilgi finalda Rossiya jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
Ma’lumot uchun, Milan–Kortina 2026 qishki Olimpiya o‘yinlari xokkey musobaqasi final uchrashuvi joriy yilning 22 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu Olimpiada davomida jami 116 ta medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshiriladi.
Live
Barchasi