Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov yarim finalda mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
10 mart 2020
6149Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun o‘tkazilayotgan litsenzion musobaqaning bugungi kun bellashuvlariga ham start berildi. Bugun yarim final bellashuvlarini o‘zbekistonlik bokschilar orasida Shahobiddin Zoirov boshlab berdi.
-52 kilogramm vazn toifasida Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan Zoirov yarim finalda tailandlik Tutisan Panmotga qarshi jang qildi. Mazkur bahs tailandlik bokschining g‘alabasi bilan yakunlandi va Shahobiddin Zoirov musobaqaning bronza medali bilan taqdirlandi.
Bugun kun davomida yana 5 nafar o‘zbekistonlik bokschilar jang o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval o‘zbekistonlik bokschi Mirazizbek Mirzahalilov ushbu musobaqada yarim finalda gongkonglik Sing Yu Soni mag‘lub etdi va Tokio-2020 Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.