Olimpiada chempioni chorak finalda o‘z ishtirokini yakunladi
Sport
−
03 avgust 2021
13961Tokio Olimpiadasining boks bo‘yicha -52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov o‘z yurishini chorak finalda yakunladi. Zoirov filippin vakili Karlo Palamga qarshi ringga ko‘tarilib, imkoniyatni boy berdi.
Jangning ikkinchi raundida Shahobiddin Zoirov jarohat sababli jangni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bunga qadar ochkolar hisobiga ko‘ra, filippinlik bokschi ustunlikka erishayotgan edi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Jang to‘xtatilgunga qadar hakamlarning to‘rt nafari filippinlik bokschining ustunligini qayd etgan.
Ma’lumot o‘rnida, Shahobiddin Zoirov Rio Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan, shuningdek, so‘nggi Jahon va Osiyo chempionatining g‘olibi hisoblanadi.
LiveBarchasi