Olimlar Yerdagi yana bir falokat haqida ma’lum qilishdi. U Mo‘g‘uliston bilan bog‘liq
Bu qiziq
−
30 noyabr 2020
47661Janubiy Koreya, Yaponiya, Shvetsiya, AQSH va Xitoy olimlaridan tashkil topgan xalqaro guruh Science jurnalida maqola e’lon qildi. Unga ko‘ra, so‘nggi yigirma yil ichida Yerdagi qurg‘oqchilik va issiqlik to‘lqinlarining ko‘lami misli ko‘rilmagan darajaga yetdi. Sharqiy Osiyoning iqlim tizimiga ta’sir ko‘rsatadigan bu o‘sishni tabiiy o‘zgaruvchanlik bilan izohlash mumkin emas va ma’lum bir vaqtdan so‘ng halokatli o‘sish qaytarilmas holga keladi, deb ta’kidlaydi tadqiqotchilar.
Paleoklimatologlar so‘nggi 260 yil ichida Sharqiy Osiyodagi iqlim sharoitlarini tiklashdi. Buning uchun ular mahalliy daraxtlarning yillik halqalarining kengligini tahlil qilishdi. Ular haqida ma’lumot International Tree Ring Data Bank’da saqlanadi. Olimlar, shuningdek, tuproqning harorati va namligining o‘ziga xos ignabargli turlarining o‘sish halqalariga qanday ta’sir qilishini aniqlash uchun dastlabki tadqiqotlar o‘tkazishdi.
“Ma’lum bo‘lishicha, XX asrning 90-yillaridan boshlab iqlim yanada issiq va quruqroq bo‘lib kelmoqda, bu ming yillik chorakda kuzatilmagan. Sharqiy Osiyoning ichki mintaqasi, shu jumladan, Mo‘g‘uliston, "issiq nuqta" bo‘lib chiqdi, bu yerda eng kuchli isish XX asrning ikkinchi yarmida qayd etilgan. Mintaqa allaqachon kam yillik yog‘ingarchilik bilan ajralib turadi (300 millimetrdan kam), bu ayniqsa uni yuqori haroratga nisbatan sezgir qiladi. So‘nggi yigirma yil ichida bu yerda issiqlik to‘lqinlari sezilarli darajada oshdi, bu esa tuproq namligiga yanada kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda”, deb yozadi olimlar.
Olimlarning ta’kidlashicha, Mo‘g‘uliston ustidan iqlim o‘zgarishi butun Shimoliy yarim sharning iqlimiga ta’sir qiladi. Mamlakat yoz oylarida mintaqadan tashqarida kuchli issiqlik to‘lqinlarini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan uzoq davom etgan antitsiklonlar bilan ajralib turadi. Ehtimol, Mo‘g‘uliston allaqachon quruq cho‘lga aylanib bormoqda, deya ta’kidlamoida olimlar.
LiveBarchasi