Ukraina Putinning tashrifi sabab Mo‘g‘ulistonga demarsh e’lon qildi
Olam
−
13 Sentabr
7370Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Ukraina tomonining taklifiga binoan Ulan-Batordan Kiyevga borgan Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va Afrika departamenti bosh direktori Ganxuuray Battungalag bilan uchrashuv chog‘ida Mo‘g‘ulistonga norozilik bildirdi. Bu haqda Ukraina TIV bayonot berdi.
“Ukraina tomoni Mo‘g‘ulistonning Rim statuti bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan va Xalqaro jinoiy sudning Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni ushbu mamlakatda bo‘lgan vaqtida hibsga olish orderini bajarishdan bosh tortganidan chuqur xafa bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, Ukraina bunday harakatlarni tegishli reaksiyasiz qoldirmaydi.
“Mo‘g‘ulistonning qarori Mo‘g‘uliston bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish siyosatini shakllantirishda, shuningdek, Ukrainaning ushbu mamlakatni xalqaro formatlarda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha pozitsiyasida hisobga olinadi. Shu bilan birga, Ukraina tomoni Mo‘g‘uliston Ukraina va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona munosabatlarning konstruktiv xarakterini tiklash bo‘yicha samarali choralar ko‘rishiga umid qiladi, bu esa har ikki davlat manfaatlariga xizmat qiladi”, deya qo‘shimcha qildi Tashqi ishlar vazirligi.
2 sentyabr kuni Putin ushbu mamlakat Prezidenti Uxnaagiin Xurelsuxning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga borgan edi. Rossiya rahbarining tashrifi uni hibsga olish uchun XJS orderi haqidagi mish-mishlar fonida amalga oshirildi.
2023 yilning 17 martida XJS Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berdi. Sud Rossiya Federatsiyasi Prezidenti va rossiyalik siyosatchining “aholi (bolalar)ni noqonuniy deportatsiya qilish va Ukrainaning bosib olingan hududlaridan aholini (bolalar) noqonuniy olib o‘tishdan iborat harbiy jinoyatlarda ishtirok etishi mumkinligini aniqladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mo‘g‘uliston rasmiylari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Xalqaro jinoiy sud buyrug‘i bilan hibsga olishdan bosh tortishini mamlakatning energiyaga qaramligi va betarafligi bilan izohlagandi. XJS prokurori Karim Xon esa Mo‘g‘uliston nega Xalqaro jinoiy sud buyrug‘ini e’tiborsiz qoldirganini tushuntirishi kerakligini aytdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr