Putin Mo‘g‘ulistonga bordi (video)

Olam

image

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xalxin-Gol daryosida sovet va mo‘g‘ul qurolli kuchlarining yapon militaristlari ustidan qozonilgan qo‘shma g‘alabasining 85 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonga bordi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

"Muzokaralar chog‘ida davlat rahbarlari Rossiya-Mo‘g‘uliston har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadilar. Bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan", deyiladi xabarda.

Shuningdek, Vladimir Putin va Mo‘g‘uliston Davlat Buyuk Xurali (parlamenti) Raisi Dashzegviyn Amarbayasgalan va Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene o‘rtasidagi muloqotlar rejalashtirilgan.

Bu Putinning 2023 yil mart oyida sud Rossiya Prezidentini hibsga olish uchun order berganidan beri Xalqaro jinoiy sud(XJS)ning Rim statutini imzolagan mamlakatga ilk tashrifi bo‘ladi. Mo‘g‘uliston 2000 yilda Rim statutini imzolagan va 2002 yilda uni ratifikatsiya qilgan. Rasmiy ravishda XJSga a’zo davlatlar orderni bajarishi va Putinni hibsga olishi shart.

Shu bilan birga, Mo‘g‘uliston dengizga chiqish imkoniga ega emas va faqat Rossiya va Xitoy bilan chegaradosh, bu Putinni hibsga olish va ekstraditsiya qilish haqidagi faraziy holatda Gaagaga yetkazish jarayonini murakkablashtiradi.

Ma’lumot uchun, sud Putinni harbiy jinoyatlarda, xususan, Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilishda gumon qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina hukumati Mo‘g‘ulistonni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Xalqaro jinoiy sud buyrug‘i bilan hibsga olishga chaqirgandi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Kreml Putinning Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan olgan Mo‘g‘ulistonga safaridan xavotirda emasligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Mo'g'uliston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing