Mo‘g‘uliston Putinning tashrifini tushuntirishi kerak bo‘ladi – XJS prokurori
Olam
−
07 Sentabr
4939Mo‘g‘uliston nega Xalqaro jinoiy sud buyrug‘ini e’tiborsiz qoldirganini tushuntirishi kerak. Bu haqda XJS prokurori Karim Xon BBC’ga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Sud darajasida muzokaralar davom etmoqda. Sudyalar o‘z tavsiyalarini berishlari mumkin, agar hamkorlik bo‘lmasa, men hech narsani oldindan taxmin qilmoqchi emasman, chunki bu masala sudyalar va Mo‘g‘uliston hukumati o‘rtasida hal qilinmoqda”, deydi prokuror.
Karim Xon ertami-kechmi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Gaagadagi sudlov mahkamasiga tushishiga shubha qilmasligini aytdi. Prokuror o‘tmishdagi ko‘plab nufuzli shaxslar sudga tortilganini esladi. U sobiq Yugoslaviyaning siyosiy rahbarlarini misol qilib keltirdi.
“Sobiq Yugoslaviya tribunali Karajich va Mladichni hibsga olishga order berishni so‘raganda, Miloshevich haqida gapirmasa ham bo‘ladi, Serra-Leone bo‘yicha maxsus sudi sobiq prezident Charlz Teylorni hibsga olishga order berganida, odamlar kulishdi. Lekin tarix ko‘rsatganidek, o‘tmishda o‘z mamlakatida va mintaqasida katta kuchga ega bo‘lgan bu odamlar oxir-oqibat sudlov mahkamasida o‘tirishdi. Misollar borki, agar kimdir yuqori mas’uliyat bilan cheklanmagan kuchdan foydalangan holda o‘zi xohlaganini qilsa, uning manyovr maydoni torayadi”, deydi Karim Xon.
Xonning so‘zlariga ko‘ra, Putinni hibsga olishga order berish qiyin bo‘lmagan.
“Voqea sodir bo‘lgan joyga tashrif buyurdim va siz hikoyalar, guvohliklarni eshitganingizda, vayronagarchilikni ko‘rganingizda, turli odamlarning bayonotlarini, shu jumladan Vladimir Putin va Lvova-Belovaning bayonotlarini eshitganingizda, qonunning to‘liq qat’iyligini qo‘llash qiyin emas edi”, deb tushuntirdi XJS prokurori.
2023 yilning mart oyida Xalqaro jinoiy sud Putin va Rossiyadagi bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan edi. Ular Ukrainadagi urush paytida sodir etilgan harbiy jinoyatlarda gumon qilinmoqda. Moskva XJS qarorini qonuniy asossiz deb atadi va Rossiya Tergov qo‘mitasining o‘zi XJS prokurori va sudyalariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Tergov qo‘mitasi Putinning ta’qib qilinishi “shubhasiz noqonuniy” ekanini aytdi.
Bu order tufayli Vladimir Putin Rim nizomini imzolagan davlatlarga sayohat qilishdan bosh tortishi va shu tariqa XJS buyruqlarini bajarish majburiyatini olgan. Shunday qilib, 2023 yil iyul oyida u Janubiy Afrikadagi BRICS sammitiga bormadi, garchi mamlakat rasmiylari uni hibsga olmasliklarini aniq bildirgan.
Bu hafta Rossiya Prezidenti Rim nizomiga qo‘shilgan Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurdi, biroq hibsga olish o‘rniga Putinni qizil gilam yo‘lakchasi bilan kutib olishdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr