Olimlar smartfon va kompyuterlar miyani “chiqindixona”ga aylantirishini aytdi
Salomatlik
−
09 mart 2020 7289 1 daqiqa
Smartfon va kompyuterlardan haddan tashqari ko‘p foydalanish miyaning ortiqcha ishlashiga olib kelishi mumkin. Bu esa kishida demensiya va depressiyani keltirib chiqaradi, deb yozmoqda “Nikkei Style” nashri yapon olimlari xulosasiga asoslanib.
“Okumura” xotira klinikasi direktori, neyroxirurg Ayumi Okumuraning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda odamlarda "xotira buzilishi" holatlari ko‘paygan.
Bunday tashxis nafaqat keksa odamlarga qo‘yilmoqda, balki 30 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan kishilar ham ushbu xavf ostida. Ular kompyuter va smartfonlardan tez-tez foydalanishgani sabab, miyalari ma’lumot bilan to‘lib-toshadi. "Kirish ma’lumotlari miqdori oshganda, miya ularni qayta ishlamaydi va “chiqindixonaga” aylanadi", deydi Okumura.
Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun shifokorlar miyaga dam berishni, qurilmalardan foydalanish vaqtini qisqartirishni, shuningdek, yetarli darajada uxlashni maslahat berdi. Tushlik paytida qisqa 15 daqiqalik uyqu ham foydali hisoblanadi.
Bundan tashqari, mutaxassislar ovqatlanish paytida gadjetlardan foydalanmaslikni ham ta’kidlab o‘tdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr