Olimlar kimlarda koronavirusga qarshi immunitet bo‘lishini aniqladilar
Salomatlik
−
19 may 2020
25565Amerika va shveysariyalik bir guruh olimlar yangi koronavirus infeksiyasiga qanday odamlarda immuniteti borligini aniqlashdi. Bu haqda “Rembler“ nashri ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, mutaxassislar 2003 yilda SARS koronavirusiga chalingan odamlarning qonida yangi COVID-19 koronavirusini zararsizlantiradigan antitanachalar mavjudligini aniqladilar. O‘z maqolalarida olimlar o‘tkir nafas olish sindromini qo‘zg‘atadigan turli xil koronaviruslarga qarshi o‘zaro immunitet bo‘lishini taxmin qilishdi.
Tajribalar davomida bir turdagi koronavirusdan xalos bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan odam boshqa turdagi koronavirusga qarshi immunitetga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ularning qonidagi antitanachalar virusni zararsizlantirishni tezlashtiradi va uning mutatsiyasini oldini oladi.
Eslatib o‘tamiz, SARS koronavirusi 2003 yilda Xitoyda tarqalgan kasallik hisoblanadi. Keyinroq, 2008 yilda Yaqin Sharqda koronavirusning boshqa turi – MARS kasalligi avj olgan.
Avvalroq, AQSHlik olimlar yangi virusni organizmda to‘liq bloklaydigan antitanachalarni aniqlashgan edi. Bundan biroz vaqt o‘tib, xitoylik olimlar pandemiyani to‘xtatishga qodir dori ishlab chiqayotganliklarini ma’lum qilishdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 4 822 430 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 798 148 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 318 851 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi