Tramp koronavirusga qarshi qanday dori ichayotgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
19 may 2020
9423AQSH Prezidenti Donald Trampning aytishicha, ko‘plab amerikaliklar, shu jumladan o‘zi ham koronavirusdan o‘zini himoya qilish uchun gidroksixloroxinni qabul qilmoqda. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Tramp jurnalistlarga, bir necha hafta davomida kuniga bitta tabletkadan ushbu dorini ichganini aytdi. Buni ko‘pgina shifokorlar va kasallik xavfi yuqori bo‘lgan joylarda ishlaydigan odamlar qabul qilayotganini ma’lum qildi.
Tramp gidroksixloroxinni nega qabul qilishga qaror qilganini ham aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu dori haqida u yaxshi gaplar eshitgan. Shuningdek, Prezident bu dorini ichishiga Oq uy shifokorlari qarshilik ko‘rsatmagan.
Ma’lumot uchun, gidroksixloroxin — o‘nlab yillar davomida mavjud bo‘lgan bezgakka qarshi doridir. Ko‘pgina mamlakatlarda so‘nggi oylarda koronavirusni davolashda ushbu doridan foydalanilmoqda.
LiveBarchasi