AQSH olimlari koronavirusni to‘liq bloklab, organizmni undan 4 kunda xalos etuvchi antitanani aniqladilar
Salomatlik
−
17 may 2020
16496Sorrento Therapeutics biofarmatsevtika kompaniyasining amerikalik olimlari antitanani aniqladilar. Ularning bayonotiga ko‘ra, antitana koronavirusni 100 foiz bloklaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar milliardlab antitanalarni tahlil qilishdi, ular orasida yuzdan ortig‘i koronavirusga ta’sir qilishi mumkinligi aniqlandi. Shundan so‘ng, olimlar o‘nlab antitanalarni ajratib oldilar va keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ulardan biri — STI-1499 — inson hujayralarini 100% infeksiyadan himoya qilishga qodir.
Ta’kidlanishicha, u virusni o‘rab olib, to‘rt kun ichida tanadan chiqarib tashlaydi.
“Biz buni dori ekanligini ta’kidlaymiz. Bu 100% foyda beradi” deydi olim Genri Ji.
Hozirgacha sinovlar faqat laboratoriya sharoitida o‘tkazildi, shuning uchun preparatni chiqarishga ruxsat hali olinmagan.
LiveBarchasi