Quyoshning noyob suratlari olindi
Bu qiziq
−
22 noyabr
4417Yevropa kosmik agentligi (ESA) Quyoshni tadqiq etuvchi Solar Orbiter zondi tomonidan olingan suratlarning yangi suratlarini chop etdi. Bu haqda Yevropa kosmik agentligi xabar berdi.
Suratlarning ko‘pchiligi Quyosh sirti, shuningdek, uning magnit maydoni va gigant plazma sharining alohida bo‘limlari dinamikasini qayd etishi mumkin bo‘lgan PHI asbobi tomonidan olingan. Yulduzning deyarli barcha nurlari apparat tomonidan batafsil suratga olingan fotosferadan keladi. Uning harorati Selsiy bo‘yicha 4500 dan 6000 darajagacha. Sovuqroq joylar qorong‘i ko‘rinadi va ana shu joylari dog‘lar hisoblanadi. Quyosh dog‘lari Yerdan bir necha marta kattaroq bo‘lishi mumkin va ular har doim qorong‘i bo‘ladi, chunki ularning harorati Quyoshni o‘rab turgan yuzasidan pastroqdir.
“U bizning yulduzimiz haqida katta hajmdagi ma’lumotlarni taqdim etishga va uni turli to‘lqin uzunliklarida suratga olishga, undagi jarayonlar haqida misli ko‘rilmagan tafsilotlarni ochib berishga qodir bo‘lgan oltita asbobga ega”, deyilgan agentlik xabarida.
Suratlarning bir qismi Yer aholisi har kuni kuzatadigan diapazonni ochib ketgan. Masalan, magnit xaritalar kuch to‘lqinlari maydoni aynan dog‘lar atrofida to‘planganini ko‘rsatmoqda. Bu mazkur hududdagi plazma nima uchun sovuqroq ekanini tushuntiradi. Qizil va ko‘k maydonlar – chiqayotgan va kirayotgan magnit maydon chiziqlarining eng zich joylaridir. Ular zaryadlangan zarralarni Quyosh tubidan yuzaga chiqadigan odatdagi issiqlik konveksiyasini buzgan holda xuddi relslardagi harakatlanishga majbur qiladi. Sariq va yashil maydonlar – magnit maydoni quvvati o‘rtacha bo‘lgan sohalar.
Bundan tashqari, PHI uskunasi taxogrammani tuzishga imkon beradi. Bu Quyosh yuzasining turli qismlari harakati tezligi va yo‘nalishini ko‘rsatib beradigan xarita. Ko‘k sohalar apparat tomon, qizillari esa unga teskari holatda harakatlanmoqda.
Ta’kidlanishicha, PHIʼning yuqori aniqligi tufayli suratlar mozaika ko‘rinishida olingan. Har bir surat alohida 25 ta tasvirdan iborat bo‘lib, ular umumiy kartinani hosil qilish uchun keyinchalik bir-biriga yopishtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Milliy Aeronavtika va Koinot boshqarmasi (NASA) olimlari 11 yillik sikl ichida Quyosh faolligining eng yuqori davri boshlanishini rasman tasdiqlagandi. Quyosh aylanishi – bu Quyoshning past magnit faollikdan yuqori magnit faolligiga o‘tadigan tabiiy siklidir. Taxminan har 11 yilda, quyosh davrining balandligida, Quyoshning magnit qutblari o‘z o‘rnini almashtiradi - bu Yerda Shimoliy va Janubiy qutblarning har o‘n yilda joy almashishiga teng bo‘ladi va Quyosh tinch holatdan faolroq va turbulent holatga o‘tadi.