DXX Bosh boshqarmasi boshlig‘i vafot etdi
Jamiyat
−
04 aprel
79306O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan polkovnik Agzam Faxriddinovich Izbosarov vafot etdi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.
Agzam Izbosarov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi Aloqa boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish olib borgan. Keyinchalik “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining Elektr tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.
Ma’lumot uchun, Agzam Izbosarov texnika fanlari nomzodi (PhD), texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega. U 2005 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi” faxriy unvoni hamda 2021 yilda “Mardlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, 24 mart kuni O‘zbekistonning Hindistondagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi Sur’at Mirhojiyevich Mirqosimov uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etgandi.
LiveBarchasi