Olimlar boladagi matematik qobiliyat ota-onasidan meros bo‘lib o‘tishini aniqladi
Bu qiziq
−
24 Oktabr 2020
9118Olimlar matematik qobiliyatlar bolaga ota-onasidan meros bo‘lib o‘tishini aniqlashdi. Bu haqda PLOS Biology jurnali yozmoqda.
Maks Plank nomidagi Kognitiv va miya tadqiqotlari instituti 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan 178 bolada tadqiqot o‘tkazdi. Ular magnit-rezonans tomografiya va matematik sinovlar orqali tekshirildi.
Tajriba davomida olimlar miyaning muammolarini muvaffaqiyatli hal qilish uchun javobgar bo‘lgan sohalarini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ularning fikriga ko‘ra, ROBO1 geni matematik qobiliyat uchun javobgardir.
Bundan tashqari, mutaxassislar vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish jarayonida pariyetal mintaqada kulrang moddalarning ko‘payishini tasdiqlashdi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, aniq belgilangan genetik o‘zgarishi bo‘lgan bolalarda natijalar o‘rtacha darajadan yuqori qayd etilgan.
Olimlarning fikriga ko‘ra, matematik qobiliyatlar erta yoshda rivojlanishni boshlaydi va tashqi omillar ta’sirida u o‘sib boradi yoki butunlay qoniqarsiz holatga kelib qoladi.
LiveBarchasi