Endi matematika sohasidagi magistrlar to‘liq grant asosida o‘qiydi

Jamiyat

image

Matematika ta’lim sohasi bo‘yicha magistrlar to‘liq davlat granti asosida tahsil oladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:

– "130 000–Matematika" ta’lim sohasi bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat buyurtmasi parametrlari to‘liq davlat granti asosida shakllantiriladi;

– davlat granti asosida bakalavriat va magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarni o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti yangi binosini ochib berdi.


Maqola muallifi

Teglar

grant matematika

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing