Özbekiston turkiy davlatlar yoşlari uçun 200 ta grant ajratadi (video)

Jamiyat

−

image

Prezident Şavkat Mirziyoyev turkiy davlatlar yoşlari uçun har yili 200 ta ta’lim granti ajratilişini ma’lum qilib, qardoş mamlakatlar yoşlarini bu imkoniyatdan unumli foydalanişga çaqirdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisi bugun, 30 oktyabr kuni Anqara şahrida bölib ötayotgan Turkiy davlatlar taşkiloti davlat rahbarlari kengaşining yiğilişida söz oçdi.

Davlat rahbari texnologik taraqqiyotning asosi inson kapitali, zamonaviy bilim va könikmalarga ega yoş avlod ekanini aytib, yoşlar ta’limiga kiritilgan sarmoya uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam poydevori bölişini qayd etgan.

“Texnologik taraqqiyotning poydevori avvalo inson kapitali, zamonaviy bilim va könikmalarga ega yoş avloddir. Ularning ta’lim olişiga qaratilgan sarmoya uzoq muddatli hamkorligimizning mustahkam asosidir. Yurtimizda yangi Özbekiston stipendiyasi doirasida 500 nafar xorijiy talabalarga grant asosida ta’lim oliş imkoniyati yaratilgan. Turkiy davlatlar vakillariga har yili 200 ta ta’lim granti ajratişga tayyormiz. Qardoş mamlakatlar yoşlarini uşbu imkoniyatlardan unumli foydalanişga çaqiramiz”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uçun, ayni paytda “Yangi Özbekiston” stipendiyasi doirasida 500 nafar xorijiy talabaga grant asosida tahsil oliş imkoniyati yaratilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing