Olimlar Antarktidada ilk bor bodring yetishtirdi

Bu qiziq

image

Rossiyalik olimlar Antarktidadagi “Vostok” stansiyasida ilk bor bodring yetishtirib, undan mo‘l hosil oldi. Bu haqda Arktika va Antarktika tadqiqot instituti matbuot xizmati xabar berdi.

“Vostok” stansiyasida birinchi marta bodring hosili yig‘ib olindi. Ekilgan kundan boshlab 60 kun ichida 16,5 kilogramm hosil olishga muvaffaq bo‘ldik”, deyiladi olimlarning ma’lumotida.

Avvalroq rossiyalik qutb tadqiqotchilari birinchi marta Antarktidada muvaffaqiyatli tarzda tarvuz yetishtirgan edi. Institut vakillarining ta’kidlashicha, stansiyada bodring yetishtirish tarvuzdan ko‘ra osonroq kechgan, chunki ular kamroq parvarishni talab qiladi.

Qayd etilishicha, “Vostok” stansiyasidagi ikkita issiqxonada tuproqsiz “panoponika” texnologiyasi asosida yiliga bir kvadrat metr maydonda 100 kilogrammgacha bodring, 29 kilogramm pomidor, 11 kilogramm shirin qalampir, 149 kilogramm karam yetishtirish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Antarktida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing