Olimlar 145 kilometr masofaga cho‘zilgan qushlar galasiga duch keldi
Olam
−
20 fevral 2020
12201Amerikalik sinoptiklar joriy yilning 17 fevral yarim tunda Kubadan AQSHga qarab uchayotgan qushlarning ulkan galasini qayd etishdi. Bu haqda Milliy meteorologiya xizmatining mahalliy filiali Twitter’dagi o‘z sahifasida xabar bermoqda.
"Ki-Uest orolidagi radarlar oson bo‘lmagan tunni o‘tkazishdi va bu ob-havo sababidan emas. Tunda qushlarning ko‘chishi eng ta’sirli manzarani aks etdi”, deyiladi xabarda. Olimlarning xabariga ko‘ra, qushlarning galasi 145 kilometr masofaga cho‘zilgan bo‘lib, u o‘z ichiga yuz minglab va hatto millionlab qushni olgan edi.
Kornel universiteti olimlarining fikriga ko‘ra, galada Janubiy Amerika va Karib dengizidagi qishlashdan so‘ng qaytayotgan qushlarning 120 dan ortiq alohida turi bo‘lishi mumkin. Sinoptiklarning ta’kidlashicha, ushbu gala osoyishta atmosfera sharoiti tufayli past balandlikda kuzatilgan.
Avvalroq, Avstraliyaning Ingem shahri aholisi ko‘rshapalaklar tornadosiga guvoh bo‘lgani, minglab ko‘rshapalak shahar osmonini qoplab olgani haqida xabar bergan edik.